Nikolay Shavishvili (Gruziya)
Tbilisidagi Gruziya Texnika Universitetining (Georgian Technical University) ingliz tilli Xalqaro Dizayn Maktabi dekani (International Design School) – arxitektura doktori, professor
Amaliy faoliyat: 1976-yildan boshlab shaxsan yoki loyiha guruhi tarkibida Gruziya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Finlandiyada umumiy maydoni 1,3 mln kv. metrdan ortiq hududni tashkil qiluvchi 100 dan ziyod turar joy, jamoat, sanoat, agrotexnik ba infratuzilmaviy binolarni ishlab chiqqan. Shuning yarmidan koʻpi, yaʼni 550 ming kv.metrdan ziyodi qurib bitkazilgan yoki qurilish bosqichidadir.
1999-yilda oʻzining xususiy CI&D Architects kompaniyasiga asos solgan.
Nazariy faoliyat: arxitektura va shaharsozlik yoʻnalishida yozilgan 60 dan ortiq ishla muallifi, bular ichida 4 ta monografiya AQSh va Gruziyada nashr etilgan, 6 tasi esa darslik va uslubiy qoʻllanmalardan iborat.